Klublar chorlovini rad etayotgan Zidan maxsus taklif kutmoqda

  • 13 iyul, 2021, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dan iste’foga chiqqan Zinedin Zidan o‘ziga turli klublardan bo‘layotgan takliflarning barchasini rad etmoqda. Frantsiyalik mutaxassis bundan buyon klublar miqyosida faoliyat yuritmoqchi emas.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarishni istamoqda. Hozirgi bosh murabbiy Dide Desham qo‘l ostidagi jamoa Evropa chempionatida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.

Qolaversa, terma jamoa ichidagi muhit ham buzilgan. Jamoa etakchilari o‘zaro chiqisha olmayapti. Avvalroq, Antuan Grizmann va Kilian Mbappe o‘rtasida jahon chempionati o‘rtaga tushgan sovuqchilik avj olib borayotgani aytilgandi. Aslida boshqa futbolchilarning o‘zaro munosabati ham yaxshi emasligi oshkor bo‘ldi.

2022 yilgi jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Dide Desham o‘rniga boshqa mutaxassis kelishi kutilmoqda. Bu katta ehtimol bilan Ziden Zidan bo‘lishi mumkin. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!