Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlanadi
Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida joriy joriy yil dekabrda Qatarda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra mezbon “Al-Sadd” musobaqaning dastlabki bahsini Yangi Kaledoniyaning “Iangen” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu juftlik g‘olibi esa Meksikaning “Monterrey” jamoasiga ro‘baro bo‘ladi.
“Liverpul” esa yuqoridagi o‘yinda qo‘li baland kelgan jamoaga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqa setkasining boshqa tomonida Afrika chempioni hisoblangan Tunisning “Esperens” klubi Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Ularning g‘olibi Libertadores kubogi chempioniga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 11 dekabrda start oladi va 21 dekabrgacha davom etadi.
Fikrlar