Koentrau faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 16 avgust, 2019, 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mashhur himoyachi Fabiu Koentrau faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda 31 yoshli futbolchi “Parma”ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.  A Seriya klubi uni joriy yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Koentrauning transferini “Parma” sardori Brunu Alvesh ilgari surmoqda. Boisi, ular o‘z vaqtida Portugaliya terma jamoasi sharafini birga himoya qilishgan va o‘zaro yaqin do‘st hisoblanishadi.

Eslatib o‘tamiz, Koentrauning so‘nggi jamoasi Portugaliyaning “Riu Ave” klubi bo‘lgan edi. U ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Koentrau faoliyati davomida “Real”, “Monako” va “Benfika” klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!