KO‘JCh. Husanov yana zaxirada qoldirilgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Al-Hilol"ga yutqazib, turnirni pley-offda yakunladi

  • 1 iyul, 08:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Al-Hilol" ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 

Qiziqarli kechgan bellashuv Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "shaharliklar" Saudiya klubiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab uchrashuvning 10-daqiqasadayoq Bernardu Silva hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. Barcha voqealar ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq Leonardo hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa qarshi hujumdan unumli foydalangan Malkom hisobda jamoasini oldinga olib chiqdi. Shunday bo‘lsa ham 4 daqiqa o‘tib, burchakdan uzatilgan to‘pni Xoland darvoza tomon yo‘llab, yana oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tilganda Kulibali gol urib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. 104-daqiqada esa Foden yana muzovatni tenglashtirdi. 112-daqiqaga kelib, Leonardo dublni rasmiylashtirdi.

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!