KO‘JCh. "Manchester Siti"ni turnirdan chiqarib yuborgan "Al-Hilol" "Fluminense"ga mag‘lub bo‘ldi

  • 5 iyul, 02:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan "Fluminense" - "Al-Hilol" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Pley-offda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti"ni kambek evaziga mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan "Al-Hilol" bu bosqichda "Fluminense"ga imkoniyatni boy berdi (2:1). 
 
Dastlabki bo‘limning 40-daqiqasida Martinelli hisobni ochishga muvaffaq bo‘lib, jamoasi tanaffusga g‘olib jamoa sifatida tark etishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan Saudiya klubi 51-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi. Gol muallifi esa "shaharliklar" darvozasiga dublm qayd etgan - Leonardo. Goldan so‘ng oldinga otilib chiqqan braziliyaliklar 70-daqiqalarga kelib, gol urib, yana oldinga chiqib oldi. Bu galgi golni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Erkulas o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "Fluminense" yarim final bosqichida "Palmeyras" - "Chelsi" g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!