
Kojo Joel Filippinga qarshi o‘yinda maydonga tushdi
Qirg‘iziston milliy jamoasi bugun, 15 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida Filippinga qarshi maydonga tushdi.
O‘rtoqlik o‘yinida "Dinamo"ning qirg‘izistonlik legioneri Kojo Joel ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirildi. O‘yinda Filippin milliy jamoasi Qirg‘iziston ustidan minimal hisobda g‘alabaga erishdi (1:0).
Kojo Joel tez orada Saudiya Arabistonidan Samarqandga qaytadi va "Dinamo"ning "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Fikrlar