Kolumbiya keyingi bosqichga yo‘l oldi. Braziliya Dominikan darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi

  • 25 may, 2023, 06:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh U-20 chempionatining 2-turidan o‘rin olgan ikkita to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. Quyida natijalar bilan tanishing. 

Tecno

Braziliya Dominikanni ayab o‘tirgani yo‘q. "Pentakampeonlar" 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, pley-offga chiqish imkoniyatini oshirdi.

38-daqiqada Savio hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Leonardo farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymda esa PedrosoNasimentuGomes va Dos Santoslar ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Mazkur g‘alabadan keyin Braziliya guruhida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Dominikan hali ochko to‘play olgani yo‘y va 4-pog‘onada qoldi. 

Keyingi uchrashuv Yaponiya va Kolumbiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda qit’adoshlarimiz 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Hisobni 30 daqiqada Yamane ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda Asprilla va Angellar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tarzda Kolumbiya Yaponiya ustidan zafar quchib, pley-off masalasini hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!