
Kolumbiya o‘z maydonida Venesuelaga hech qanday imkon qoldirmadi (video)
Janubiy Amerika qit’asida “JCh-2022” saralash uchrashuvlari boshlandi. Jumladan, Kolumbiya ilk turni o‘z maydonida Venesuelaga qarshi o‘tkazdi.
Maydon egalarining to‘liq ustunligida kechgan o‘yin ularning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarni Duvan Sapata (16') va Luis Muriel (26', 45') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar