Kolumbiya terma jamoasi taniqli hujumchisini mashg‘ulotlardan chetladi
2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasida o‘ynagan hujumchi Jon Duran Kolumbiya terma jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarga qo‘yilmaydi. Bu haqida jurnalist Sezar Londono X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. Ilgari hujumchi terma jamoaning 2026-yilgi jahon chempionati uchun kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan edi.
May oyi o‘rtalarida Duran shaxsiy sabablarga ko‘ra "Zenit"ni tark etdi. Kolumbiyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
JCh-2026da kolumbiyaliklar K guruhida Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalari bilan o‘ynaydi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar