«Komo» La Liga jamoasidan himoyachi sotib olishi mumkin
Ispaniyaning «Vilyarreal» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Villi Kambvala faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Komo» rahbariyati «Vilyarreal» bilan Kambvala transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Suhbatlar jadal sur’atda ketayotgani aytilmoqda, chunki yosh himoyachi Sesk Fabregas boshqarayotgan jamoa uchun ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.
21 yoshli Kambvala «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U Ispaniyada ikki mavsum o‘ynab, barcha musobaqalar doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol yoki samarali uzatma qayd etolmagan. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining bozor qiymatini 3 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar