Konate "Liverpul"ni tark etishni rejalashtirdi

  • 10.11.2025 14:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik himoyachi Ibraima Konate "Liverpul"dagi kelajagini hal qildi. "Diario AS" nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi shartnomasi tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etishni rejalashtirgan.

Konatening "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Manbalarga ko‘ra, unga Madridning "Real" va Myunxenning "Bavariya" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konate "Liverpul" safida 2021 yil yozidan beri to‘p surib kelmoqda. Himoyachining bozor qiymati 55 million evro etib baholangan. Joriy mavsumda u Angliya Premer-ligasida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikki marta sariq kartochka olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!