
Konor MakGregor: Eng birinchi soniyalardanoq Pore kuchli zarbalarimni qabul qiladi
Xabaringiz bor, 24 yanvar sanasida "UFC 257" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy bahsida Konor MakGregor Dastin Porega qarshi kurash olib boradi. Ushbu turnir oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida "The Notorious" quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Birinchi jangda men uni 90 soniyadayoq nokautga uchratgandim. Tayyorgarlik va boshqa jihatlardan qat’i nazar, men uning nimalarga qodirligini bilaman.
Bilaman, uning jamoasi menga qarshi qattiq mehnat qilgan. Ammo men ham kam shug‘ullanmadim. Dastlabki soniyalardanoq, kuchli zarbalarga dosh berishga majbur bo‘ladi.
Eng muhimi, men Pore bilan uzun va chiroyli jang olib bormoqchiman. Dastin tayyor, deb o‘ylayman".
Fikrlar