Konor MakGregor: Habibda men bilan revanshga kirish uchun jur’at etishmaydi

  • 21 yanvar, 2021, 18:40
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"Fighttime" nashri Konor MakGregor bilan intervyusini e’lon qildi. Irlandiyalik sportchidan jurnalist Habib bilan revansh haqida so‘radi:

Tecno

"Menga uning revansh xususidagi gaplari shuni anglatmoqdaki, Habib men bilan jang qilmoqchi emas. Ammo men bu borada doim tayyorman. Men hozirgi vazn toifamdan mamnunman. U bilan jang qilishni kutib yashamoqchi emasman. Oldimda etarlicha katta bahslar bor. 

Bizning divizionda kuchli jangchilar etarli. Chendler va Xuker yaqinlashib kelayotgan "UFC 257" turnirida to‘qnash keladi. Jastin, Oliveyra, qaytayotgan Neyt Diaz va boshqa jangchilar bilan kurash olib borish qiziqarli. Habibga esa qayta jangga kirish uchun jur’at etishmaydi", - dedi MakGregor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!