
Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblandi
Dublin Oliy sudi Konor Makgregorni jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topib, sportchiga jabrlanuvchi ayolga $250,000 to‘lash majburiyatini qo‘ydi.
Xabarlarga ko‘ra, bu voqea 2018 yil 9 dekabrda Dublindagi Rojdestvo kechasida uchrashganda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, ayol Oliy sudga kelib, uni Irlandiyalik jangchi to‘shakka majburlaganini ma’lum qildi. Biroq sud jarayonida ayblovlarni rad etgan Makgregor ikkisi ham o‘zaro kelishuv asosida jinsiy aloqada bo‘lganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, kelgusi yil Irlandiyada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini hisobga olsak, unda ishtirok etishni istagan Konor mazkur qilmishi orqali vaziyatni chigallashtirib yubordi.
Fikrlar