Konor Makgregor: "Maks Hollowey – mening darajam emas"

  • 25.06.2026 18:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA yulduzi Konor Makgregor amerikalik UFC jangchisi Maks Holloweyga qarshi bahs oldidan raqibi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Maks faoliyati davomida qancha jarohat olganini bilaman. Endi uni yengish uchun birgina kuchli zarbam kifoya. Hollowey mening darajam emas — na mahorat, na aqlan, na jismonan... Tezlik, kuch, jangovar IQ, chidamlilik, sogʻliq, tetiklik — hammasi menda yaxshiroq.

Oldingi jangimizda men Maks ustidan toʻliq hukmronlik qilganman va buni yana qilishni rejalashtiryapman. Birgina gʻalaba menga yetarli emas — u koʻzni quvontirishi kerak va aynan shunday boʻladi ham. Hozir oʻzimni eng yaxshi davrimga qaytayotgandek his qilyapman", - dedi irlandiyalik.

Eslatib oʻtamiz, Makgregor va Hollowey toʻqnashuvi 12 iyul kuni "UFC 329" turnirida oʻtkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!