Konor MakGregor va Dastin Pore jang avvalida to‘qnash keldi. Irlandiyalik yana o‘z holiga qaytgan...(Video)

  • 9 iyul, 2021, 07:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 10 iyul (Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongida) "UFC 264" turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasining ikki yorqin yulduzi, sobiq ikki divizion chempioni irlandiyalik Konor MakGregor hamda Dastin Pore uchinchi bor to‘qnash keladi. Dastlabkisida Konor MakGregor g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchisida Dastin Porening qo‘li baland kelgandi. 

Bu hal qiluvchi jang bo‘ladi. Ushbu jang avvalida an’anaviy nigohlar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Konor avvalgi safargi intizomli bola ko‘rinishidan voz kechgan va yana o‘z holatiga qaytgan. Quyida uning "Fece to face" marosimida o‘zini qanday tutganini tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!