Konor MakGregor: Yaqin kunlarda keyingi jangim haqida rasman e’lon qilaman

CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Konor MakGregor kelajakdiga rejalari haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Xozirda mashg‘ulotlarda o‘zimni bor kuchimni berib mehnat qilyapman va oktagonga qaytishga tayyorman. Umid qilamanki, yaqin kunlarda keyingi jangim borasida rasman xabar beraman.

Shuni ta’kidlashim joizki, mening keyingi raqibim kim bo‘lishi noma’lum, ammo har qaysi jangchi bilan kuch sinashishga tayyorman.

Aytib o‘tishim joizki, boksga qaytishimham mumkin. Biroq xozirgi kunda o‘z e’tiborimni oilamga, MMA doirasidagi janglarga hamda Proper 12 qaratganman, - dedi MakGregor Complex nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Konor ohirgi jangini UFC 229 turnirida o‘tkazib, unda Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!