Konor Makgregormi yoki Maks Hollowey? Iliya Topuriya javob berdi
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya irlandiyalik Konor Makgregor (22-6) va amerikalik Maks Hollowey (27-9) oʻrtasidagi boʻlajak jang uchun oʻz prognozlarini bildirdi.
"Konor uzoq vaqt oktagonga chiqmagani uchun Maksdan zaifroq koʻrinyapti. Biroq nimadir deyishga hali juda erta. Oʻylashimcha, ular bahs boshidanoq ikkita kichkina mushukcha kabi bir-biriga yopishib oladi. Mushukchalar qanday oʻynoqi jang qilishini bilasizmi? Oktagonda ham huddi shuni guvohi boʻlasiz. Menimcha, Makgregor ushbu toʻqnashuvda gʻalaba qozonadi. Chunki irland avval ham bu yigit ustidan zafar quchgan edi", - deya Iliyaning soʻzlarini keltirdi "KirmiziKoseMMA".
Eslatib oʻtamiz, Konor va Hollowey qarama-qarshiligi 12 iyul kuni "UFC 329" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar