Konseysau: “Bunday tarixga ega klub 9-o‘ringa rozi bo‘lolmaydi – barchamizda afsus bor”

  • 10 may, 16:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” bosh murabbiyi Serjiu Konseysau A Seriya 36-turidan o‘rin olgan “Bolonya”ga qarshi uchrashuv (3:1) bo‘yicha fikr bildirdi. U jamoa g‘alabasi va hujumchilarning o‘yinini alohida ta’kidladi:

– Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi, ammo kuchli raqib ustidan g‘alaba qozondik. Ikkinchi bo‘limda yuqoridayoq bosim qilishga harakat qildik, ammo gol o‘tkazib yubordik. Keyin tuzilishni o‘zgartirib, 4-4-2 sxemasiga o‘tdik va almashinuvlar yaxshi samara berdi.

– Ximenes jiddiy yigit va sifatli hujumchi. U Yovichdan harakati bilan farq qiladi, lekin ishini uddalaydi. Shuningdek, Abraham urgan muhim gollarni unutish kerak emas.

– Konseysau emas, jamoa va uning keyingi o‘yindagi g‘alabasi muhim. “Milan” kabi tarixiy klub 9-o‘ringa rozi bo‘lolmaydi – barchamizda afsus bor, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi milanliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!