
Konstantin Korotkov xotira turniri. Abrorjon Qodirov musobaqa g‘olibi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Ayni daqiqalarda mazkur turnirning final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abrorjon Qodirov hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Tanaka Riomeiga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar hisobi bo‘yicha raqibini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Birozdan so‘ng esa yana ikki bokschimiz: Bilolbek Mirzarahimov (-69 kg) va Laziz Mullajonov (91+ kg) ishtirokidagi final janglari ham boshlanadi.
Fikrlar