
Konte: “Chelsi”ga 3 ochko kerak, ammo g‘alaba uchun gol urish lozim
“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte “Brayton”ga qarshi Angliya chempionati 24-turi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Albatta, biz har bir o‘yinda 3 ochko ishlab olishni istaymiz. So‘nggi bahslarda ko‘p durang natija qayd etdik, ammo bir tomondan 11 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmadik. Jamoaga 3 ochko kerak, ammo g‘alaba uchun gol urish lozim.
Oxirgi paytlarda omad biz tomondan yuz o‘girdi, lekin yaratilgan vaziyatlardan o‘zimiz ham unumli foydalanmaganimizni aytish darkor. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz”, – dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar