
Konte ketsa, u ham “Tottenxem“ni tark etadi
“Tottenxem“ bosh murabbiyi Antonio Konte yozda jamoani tark etishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, klub hujumchisi Xarri Keyn ham “shporlar“ni tark etishni rejalashtirgan.
Futbolchi Kontening klubda kamida 2-3 yil qolishini istamoqda. Biroq bu unga bog‘liq masala emas.
Shu tufayli londonliklar etakchisi rahbariyatga Konte ketadigan bo‘lsa, u ham boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishini ma’lum qilgan. Unga mavsum avvalida “Manchester Siti“dan jiddiy taklif kelib tushgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Xarri Keyn “Transfermarkt“ portalida 100 million evroga baholangan.
Fikrlar