
Konte "Napoli"ga "Yuventus" futbolchilarini olib kelmoqchi
Antonio Konte Federiko Keza va Daniloning "Napoli"ga o‘tishiga qiziqmoqda.
"Tuttomercato" nashrining "La Repubblica" nashriga tayanib xabar berishicha, avvalroq «Napoli»ga tayinlanish arafasida turgan Konte "Yuventus" yarim himoyachisini Xvicha Kvaratsxeliya jamoadan ketgan taqdirda uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, Konte Daniloni ham "Napoli"da ko‘rmoqchi ekanligi ma’lum qilingan. Jakomo Raspadori kelajagi ham murabbiyga bog‘liq bo‘ladi. Avvalroq, forvardga "Inter" va "Yuventus"dan qiziqish bildirilganligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar