Konte o‘z darvozabonini maqtadi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaning sha’niga iliq so‘zlarni bildirdi. Bundan tashqari italiyalik mutaxassis Kurtuaning yozda "Real"ga o‘tishi borasidagi gap-so‘zlarga ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Hozirgi vaziyat muhim emas. Kurtua dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri, agar eng yaxshisi bo‘lmasa. U biz bilan qoladi. Qolgani mish-mishdan boshqa narsa emas. Tibo bu mavsumda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Siz uni nafaqat qo‘li bilan, balki oyoqlari bilan ham juda yaxshi o‘ynay olishiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. U haqiqiy zamonaviy darvozabon.
Men uchun u eng yaxshilardan biri. Nega uni eng yaxshi demadim? Chunki u meni darvozabonim. U fantastik darvozabon", - deydi italiyalik mutaxassis Goal nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar