Konte qachon iste’foga chiqarilishi va uning o‘rnini kim egallashi ma’lum!

  • 21 mart, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Konte tez orada "Tottenxem"ni tark etadi. The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, London klubi direktorlar kengashi raisi Daniel Levi italiyalik mutaxassisni xalqaro tanaffus vaqtida iste’foga chiqarish haqida o‘ylamoqda. Ammo bu bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Tecno

Levini futbolchilarni tanqid qilganidan keyin ham Konte o‘z futbolchilarini bo‘lajak o‘yinlarga ruhlantira oladimi yoki yo‘qmi, degan savol o‘ylantirmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Konte ishdan bo‘shatilsa, Rayan Meyson mavsum oxirigacha "Tottenxem" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" 28 turdan keyin 49 ochko bilan APLda 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!