Konte “Tottenxem”dagi olib kelinadigan uch futbolchi nomini oshkor qildi

  • 5 noyabr, 2021, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ni qabul qilib olgan Antonio Konte klub rahbariyatidan o‘zi olib keladigan futbolchilar uchun ruxsat oldi.

Tecno

Yanvarda italiyalik mutaxassis dastlabki uch nafar o‘yinchini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u yangi futbolchilarning barini “Torino”dan olmoqchi.

Agar klublar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, “Torino” to‘purari Andrea Belotti,  himoyachilardan Vilfrid Singo va Gleyson Bremer yangi yildan Angliya chempionatida to‘p tepadi.

Bu futbolchilar orasida ivuarlik Vilfrid Singo Konteni ko‘proq qiziqtiradi. Murabbiy “Inter”da ishlaganida bu himoyachining o‘yini unga ma’qul kelgan. Singo 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!