Konte "Tottenxem"dan 4 futbolchi bilan shartnoma imzolashni so‘ramoqda

  • 02.11.2021 16:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Antonio Konte tez orada rasman "Tottenxem" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Italiyalik mutaxassis yanvar oyidagi transfer oynasida faollik namoyish etishi taxmin qilinyapti. Gap shundaki, Konte London klubi tarkibini 4 futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. Uning asosiy maqsadi "Fiorentina" etakchisi Dushan Vlaxovich.

Avvalroq, italiya klubi o‘z hujumchisi uchun 60 million evro talab qilayotgani xabar qilingandi. Vlaxovich yana bir grand "Yuventus" nishonida ham turibdi. Shuningdek, Konte "Milan"dan Frank Kessi, "Inter"dan Stefan de Vrey hamda "Latsio"dan Manuel Latsarini sotib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, 52 yoshli mutaxassis may oyida "Inter" boshqaruvini tark etgan edi.

"Tottenxem" bugun yangi bosh murabbiy nomini e’lon qiladi

"Tottenxem"ni Santudan keyin kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!