Konte va Keyn o‘rtasidagi munosabatlar qanday?

  • 27.12.2021 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romano "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn va bosh murabbiy Antonio Konte o‘zaro munosabatlarini tiklaganini aytdi.

Tecno

"Xarri Keyn va Antonio Konte o‘rtasidagi munosabatlar hozir nisbatan yaxshiroq. Konte jamoani qabul qilganida, u darhol Keynga loyihasining asosiy qismi bo‘lishini aytdi. U dahlsiz futbolchi. Bu klub sport direktori Fabio Paratichi har qanday holatda ham Konteni jamoaga olib kelmoqchi bo‘lganining asosiy sabablaridan biridir”, - deb yozadi italiyalik jurnalist.

"Tottenxem" 16 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Aytish kerakki, koronavirus sabab "shporlar" ishtirokidagi bir nechta uchrashuvlar qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!