Conte: "VAR bor ekan, bunday xatolarni qabul qilish qiyin"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya A seriyasi doirasida "Yuventus"ga qarshi oʻyinda (0:3) tanaffus oldidan Rasmus Xoylundning jarima maydonida yiqilib qolgan epizodi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida "Napoli" hujumchisi Xoylund "Yuventus" himoyachisi Bremer bilan toʻqnashuvdan soʻng jarima maydonida yiqildi. Shundan keyin Antonio Vergara ham Pyer Kalulu bilan aloqa paytida maydonga quldi. Asosiy hakam Mauritsio Mariani ushbu holatlarda qoidabuzarlik qayd etmadi, VAR esa hakamni monitorga chaqirmadi.
Konte epizodni VAR orqali koʻrib chiqishni talab qilgan edi.
"Men bu holatni koʻrmadim. Men "Verona"ga qarshi oʻyinimizni (2:2) boshqargan Marianiга aytdim: oʻsha bahsda uni ikki marta VARga chaqirishdi va u qarorini oʻzgartirgan edi. Bu oʻyin jarayonidagi holatlar, biz bu haqida haddan tashqari koʻp gapiramiz va bu yaxshi emas.
VARni kuzatayotganlar va hakamlik qilayotganlar tomonidan doim halollik boʻlishiga umid qilamiz. Biz gʻalati holatlarsiz, toza oʻyinni istaymiz. Agar xato boʻlsa, u inson omili bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Ilgari bunday xatolarga sabrliroq munosabatda boʻlishardi, chunki inson xato qilgan. Video tizim paydo boʻlgandan keyin esa bunday xatolarni qabul qilish ancha qiyin", — dedi Konte.

Fikrlar