Konte "Yuventus"ga qaytishi haqidagi savolga to‘liq javob berdi

  • 13 iyun, 17:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte o‘zining sobiq klubi — "Yuventus" haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Jurnalistlar va muxlislar orasida Konte mavsum yakunlanmasidan avval Turinga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi.

Tecno

"Meni ranjitadigan holat shuki, mavsum tugashiga bir oy qolgandayoq mening "Yuventus"ga o‘tishim haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Go‘yoki men "Napoli"ni tark etar ekanman. Lekin men bu davr mobaynida kim men bilan bog‘lanishga harakat qilgan bo‘lsa, hammasini rad etdim. Avvalo klub prezidenti bilan suhbatlashmasdan turib, hech kim bilan gaplashmasligimni aytdim" — deydi Konte "Sky Sport Italia"ga bergan intervyusida.

Antonio va klub prezidenti Aurelio De Laurentis o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng murabbiy jamoada qolishga qaror qildi. Endi u neapolliklar bilan yana ikki yillik shartnoma bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Konte 2011–2014 yillarda "Yuventus"ni boshqargan va jamoa bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!