"Kopa Amerika-2024": Messi penaltidan gol urolmagan o‘yinda Argentina yarim finalga yo‘l oldi!

  • 5 iyul, 2024, 08:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh maydonlarida davom etayotgan "Kopa Amerika-2024" turniri chorak final ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda Argentina terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga tushdi va asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab, 35-daqiqada Lisandro Martines hisobni ochdi. 90+2 daqiqada esa Rodriges oradagi farqni tenglashtirdi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Argentina 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

E’tiborlisi, Messi seriyani birinchi bo‘lib boshlab, kutilmaganda gol urolmadi.

Shu tariqa, Argentina turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Messi va uning sheriklari ushbu bosqichda Kanada - Venesuela juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!