
"Kopa Amerika". Braziliya yirik hisobda g‘alaba qozondi, bugun Messi kurashga qo‘shiladi
Xabaringiz bor, bugun tongda "Kopa Amerika" turniriga start berildi. Mazkur musobaqaning dastlabki turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
Xususan, mezbon Braziliya yirik hisobda Venesuela ustidan zafar quchdi. Birinchi bo‘lim evkatorida Markinos hisobni ochgan bo‘lsa, Neymar 64-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqalarida Garbiel Barbosa hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Shuningdek, Ekuadorga qarshi maydonga tushgan Kolumbiya minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin taqdirini Edvin Kardonaning yagona goli hal etib berdi.
Bugungi kun dasturidan Argentina - Chili hamda Paraguay - Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlar joy olgan.
Fikrlar