Koronavirus bizning klublarga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi?

  • 13.04.2020 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni damda butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi barcha sohalarda bo‘lgani kabi sportga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Jumladan, futbolga ham. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktor o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev klublarimizning pandemiya tufayli qanday zarar ko‘rishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

-Bizning ayrim klublar har yili koronavirusdan-da qiyinroq kunlarni boshidan kechiradi, ya’ni, smetasi martda ham tasdiqlanmaydi. Shundan kelib chiqsak, koronavirus ular uchun qo‘rqinchli emas.

-Navbahorni inobatga olmaganda, qolgan klublarning chipta savdosidan tushumi u qadar ko‘p emas. Demak, o‘yinlarning yo‘q bo‘lib qolishi ham katta iqtisodiy zarar keltirmaydi.

-Bizning stadionlarga Evropaning top stadionlarida bo‘lgani kabi har kuni minglab turistlar kelmaydi. Demak, bu boradagi tushumlar ham yo‘qolib qolmaydi.

-Klublarimiz atributikalar savdosidan deyarli pul topmaydi. Bu borada ham koronavirus savdolarni to‘xtatib qo‘ymaydi.

-O‘zPFL teletranslyatsiyalardan pul ishlashgacha etib borganicha yo‘q, bunga futboldan tashqi omillar ham sababchi. Shundan kelib chiqsak, o‘yinlarning to‘xtatilishi asosan futbolchilar formasigagina ta’sir o‘tkazadi.

-Klub a’zolarining o‘z maoshlarini vaqtida olmasligi koronavirusga qadar ham normal holat bo‘lgan. Shuning uchun futbolchi va murabbiylar qishni asosan PFL binosida, sobiq klubi bilan sudlashib o‘tkazadi.

Biroq bu kasallik klublarga pul berayotgan korxonalarga ta’sir etishi mumkin. Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengiziga kamroq quyila boshlagach, oqibat nima bo‘lganini yaxshi bilasiz. Ammo bu ham vahimaga sabab bo‘lmasligi kerak. Orol ekologiyaga salbiy ta’sir etgan bo‘lsa, yuqoridagi holat futbolga ijobiy reaktsiya beradi. Biz allaqachon shu yo‘ldamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ibrohim Kuziev
13/04/2020 14:36
Ola ..
&
Нодирбек жовлиев
13/04/2020 12:23
Diyor imomxuja faylasup bub kete ja aqlli butun bolade shu