Koronavirus Jiruning kelajagiga ta’sir o‘tkazdi
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru londonliklar bilan shartnomasini uzaytirish sababi bilan o‘rtoqlashdi.
"Shunchaki murabbiyning ishonchini oqlash imkoniyatidan foydalandim. "Chelsi"da barchasi meni qanoatlantiradi, endi esa klub bilan birgalikda unvonlar yutishda davom etmoqchiman.
Bundan tashqari, koronavirus izolyatsiyasi bilan bog‘liq vaziyat ham qaroriga ta’sir o‘tkazdi. Chetga chiqib oilamning hayotini xavfga qo‘ymoqchi emasman", - deydi Jiru.

Fikrlar