
Koronavirusdan davolanayotgan O‘runov “Spartak”ni tanladimi?
Rossiya ommaviy axborot vositalari “Ufa”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov hafta yakunida Moskvaning “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tishi haqida xabar tarqatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, avvaliga o‘zbek yarim himoyachisi transferiga 1 million evro taklif qilgan “Spartak” rahbariyati endi ikki million evro to‘lashga qaror qilgan. Kuni kecha, TsSKA Oston O‘runov uchun shuncha mablag‘ taklif qilgandi va buning oqibatida “Spartak” ham narxni ko‘tarishga majbur bo‘ldi.
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov Oston O‘runovni “Ufa”ga olib kelganini inobatga olib, hamyurtimiz uchun kurashda aynan shu jamoa imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Tarqatilayotgan xabarlarda ayni paytda Oston O‘runov koronavirusdan davolanayotgani aytilmoqda. U prmer-liganing so‘nggi turida o‘yinga tushmagan edi.
Fikrlar