Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi: Navas "Real"dan ketishi shart

  • 12 aprel, 2019, 19:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Gustavo Matosas “Real” darvozaboni Keylor Navasga maslahat berdi.

Tecno

“Men Navas xursand bo‘lishini xohlayman. Lekin u hozir o‘ynamayapti va og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Navas ajoyib darvozabon va u nega maydonga tushmayotganini hech kim tushunmayapti. U Chempionlar ligasida 3 marta g‘olib bo‘ldi va asosiy darvozabon bo‘lishga haqli deb o‘ylayman.

Terma jamoa uchun Navasning kayfiyati juda muhim. U aqlli yigit va u yozda faoliyati uchun eng to‘g‘ri qarorni qabul qiladi deb o‘ylayman”, - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua “Real”ga ko‘chib o‘tgach, Navas asosan zaxira darvozaboniga aylanib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!