Koul Palmer yana olti hafta maydonga tusholmaydi

  • 17 oktabr, 14:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Koul Palmer yana olti hafta maydonga tusholmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska ma’lum qildi.

Tecno

"Men adashgan ekanman — Palmer noyabrda maydonga qaytadi deb o‘ylagandim. Afsuski, unga yana kamida olti hafta vaqt kerak bo‘ladi. Biz uni imkon qadar himoya qilmoqdamiz, ammo tibbiy guruh sehrgar emas. Umid qilamizki, olti hafta etarli bo‘ladi", – deya javob berib o‘tdi "aristokratlar" mutaxassisi.

Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi 20 sentyabrdan beri son atrofidagi jarohati tufayli o‘yinlarda qatnashmayapti. Bu mavsumda u APLda 3 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!