Koutino yana "Liverpul"ga qaytishi mumkin, chunki...

  • 30.06.2019 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi rahbariyati “Barselona”dagi sobiq vingeri Filippe Koutinoni yana ortga qaytarish haqida o‘ylay boshladi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olish uchun yagona nomzodga aylanishdi. Boisi, ayni damda birorta jamoa Koutinoni xarid qilishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Koutino o‘zining kelajagi borasida Amerika kubogidan so‘ng ma’lum qilishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Koutino 2013-2018 yillarda “Liverpul” safida to‘p surgan. Shundan so‘ng “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!