Koutinoning agenti: "Barselona" Filippeni sotmoqchi emas
“Barselona” vingeri Filippe Koutinoning agentlaridan biri Kia Jurabchianning so‘zlariga ko‘ra klub rahbariyati mijozini sotishni istashmayapti.
“Shu kunlarda “Barselona” sport direktori Pep Segura bilan gaplashdim. U menga klub Koutinoni joriy yoz sotishni xohlamasligini aytdi. Har qanday mablag‘ evaziga ham. Shu o‘rinda aytishim kerakki, biz PSJ bilan bog‘lanmadik”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Koutino mavsumlar oralig‘ida kataloniyaliklar safidan ketishi va PSJ uni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar