“Coventri” gol urish qiyin bo‘lgan darvozabonni rekord narxga sotib oldi

  • 06.08.2026 11:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining yangi ishtirokchisi “Koventri” darvozabon Karl Rashuortning “Brayton” klubidan doimiy asosda qaytganini tasdiqladi.

Rashuort 2025/2026 yildgi mavsumni “Koventri”da ijara asosida juda muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U Chempionshipdagi barcha 46 uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta “quruq” o‘yin qayd etdi va Frenk Lempard jamoasiga chempionlik hamda Premier-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berdi.

Doimiy transfer bo‘yicha muzokaralar oson kechmagan bo‘lsa-da, yakunda “Koventri” 25 yoshli darvozabonni klub tarixidagi rekord — 22,5 million funt evaziga sotib oldi.

Rashuort bu yozda Orel Amend, Lum Chauna va Frenk Onyekadan keyin “Koventri”ning to‘rtinchi yangi futbolchisiga aylandi.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yildan buyon “Brayton” tizimida bo‘lgan, ammo asosiy jamoa safida rasmiy o‘yin o‘tkazmagan Rashuort bo‘yicha klub qayta sotib olish huquqini hamda keyingi transferdan ulush olish imkoniyatini saqlab qolgan.

- Karlning doimiy asosda qaytganidan juda xursandmiz. U yuqori saviyali professional, ajoyib inson va Premier-ligaga chiqishimizda jamoaga beqiyos yordam berdi. U bilan yana birga ishlashni intiqilik bilan kutyapman va uni jamoadа yana ko‘rib turganimdan mamnunman, - dedi Frenk Lempard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!