
"Krasnodar" autsayder darvozasini javobsiz 5 marta ishg‘ol qildi (video)
Rossiya premer-ligasining 17-turida amaldagi chempion hisoblangan “Krasnodar” o‘z maydonida musobaqa autsayderi bo‘lgan “Rotor”ni qabul qildi.
Mezbonlar o‘yinda to‘liq ustunlik qildi va raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Shu kuni Ari (14', 41') va Viktor Klasson (85', 90') dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Magomed-Shapi Suleymanov (43') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar