"Krasnodar" klubi xo‘jayini Sergey Galitskiy Rossiya futbol ittifoqida ish boshladi

  • 11.04.2019 18:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukovning ma’lum qilishicha mamlakat bolalar-o‘smirlar futboli qo‘mitasiga "Krasnodar" klubi xo‘jayini Sergey Galitskiy rahbar etib tayinlandi.

“Qo‘mitaning yangi tarkibini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular Galitskiyga bolalar-o‘smirlar futboliga rahbar bo‘lishini taklif qilishdi. U esa ushbu taklifni qabul qildi”, - deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Galitskiy 2010 yilda “Krasnodar” klubi qoshida 11 ming bolaga mo‘ljallangan futbol akademiyasi tashkil etgan edi. Ayni damda Rossiya terma jamoasining kelajagi deya e’tirof etilayotgan Ivan Ignatev va Magomed-Shapi Suleymanovlar ham aynan mana shu akademiya tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!