
Krestinin: "Mavjud vaziyatda ko‘rsatayotgan natijamizni yaxshi, deb hisoblash mumkin"
O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan keyin "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Og‘ir bahs o‘tkazdik. Mavsum so‘nggida bu tabiiy holat. Sababi, futbolchilarda ham jismonan, ham ruhiy jihatdan charchoq mavjud. Futbolchi va mutaxassislar ishga munosib yondashmoqda. Barchasi joyida, hech kim tezroq mavsumni yakunlash haqida o‘ylamayapti. So‘nggi 5 bellashuvning faqat bittasida engildik. Yigitlar harakat qilishmoqda.
Bizni klubdagi vaziyatni o‘zgartirish uchun jamoaga taklif etishgan. O‘yin uslubi o‘zgardi, ayrim futbolchilarga maydonning boshqa nuqtasidan joy topdik. Qolaversa, yosh futbolchilarni ham tarkibga jalb qilyapmiz. Bularni yarim yilda amalga oshirish qiyin. Mavjud vaziyatda ko‘rsatayotgan natijamizni yaxshi deb hisoblash mumkin. Bizni bu erga hujumkor futbol qurish uchun chaqirishgan. Hujumkor futbol esa ko‘p energiya talab qiladi. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz, so‘ng "Paxtakor"ga qarshi derbiga tayyorgarlik ko‘ramiz.
O‘smirlar o‘rtasidagi JChni imkon qadar kuzatib boryapman. Ayrim futbolchilarni asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilamiz. Yoshlar o‘sib bormoqda, O‘zbekistonda futbol ham rivojlanmoqda va Markaziy Osiyoda rivojlanish dinamikasi eng yuqori bo‘lib turibdi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar