Krishtianu Ronaldu: "Bu davrdan zavq olishga harakat qilyabman"
Krishtianu Ronaldu nima uchun faoliyatini yakunlashga shoshilmayotgani haqida gapirdi.
"Odamlar, ayniqsa, mening oilam: siz to‘xtashingiz kerak,siz hammasiga erishdingizu, nega mingta gol urmoqchisiz deb ko‘p savollar berishadi. Lekin men hali buni vaqti emas deb o‘ylayman, Men haliyam yaxshi sport formasidaman, klubim va terma jamoaga yordam beryabman, nega davom ettirmasligim kerak. Ishonchim komilki, faoliyatimni yakunlaganimda, qo‘limdan kelganini qilganim uchun mamnuniyat bilan ketaman. O‘ynashimga unchalik ko‘p yil qolmaganini bilaman va shuning uchun bu davrdan to‘liq zavq olishga harakat qilyabman",- dedi portugaliyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, 7-oktyabr kuni "An-Nasr" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida o‘tkazigan 22 yillik faoliyati uchun "Globo Prestigo" mukofatini qo‘lga kirtidi.

Fikrlar