Kriştianu Ronalduni sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 11.02.2026 00:01
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqtda jamoasini almashtirishi mumkin.

Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Saudiya klubi bilan kelishmovchilik sabab jamoadan ketish ehtimoli ortib bormoqda. Ronaldu "An-Nasr"ning o'yinlariga boykot e'lon qilib, jamoa safida maydonga tushishdan bosh tortmoqda. Shu sababdan ham futbolchining yaqin kunlarda boshqa jamoa bilan shartnoma tuzishi haqida mish-mishlar paydo bo'lmoqda. ESPN xabariga ko'ra, 41 yoshli forvard o'z vataniga qaytib, Lissabonning "Sporting" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Krishtianu faoliyatining dastlabki qismini aynan "Sporting"da o'tkazgan. Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma'lumot uchun, portugalialik forvardning transfer narxi 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!