"Kristal Pэlas" AQShdan 19 yoshli futbolchini sotib oldi

  • 19.08.2026 14:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Kristal Pэlas» matbuot xizmati klubning rasmiy sayti orqali tarkib yangilangani ma’lum qildi. Jamoa safini yosh qanot hujumchisi Zavyer Gozo to‘ldirdi.

AQSh yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchi yangi jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Gozo AQShning «Real Solt-Leyk» klubidan sotib olindi. Angliya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 13 million yevroni tashkil etgan.

19 yoshli hujumchi joriy mavsumda MLS doirasida 16 o‘yinda maydonga tushib, olti marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va to‘rtta golli pas muallifiga aylandi.

Yangi mavsumning birinchi turida «Kristal Pэlas» Angliya chempionati doirasida «Everton»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!