"Kristal Pэlas" bosh murabbiyi Gexining sotilishi haqida fikr bildirdi
"Kristal Pэlas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Mark Gexini sotilish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Hamma Mark "Kristal Pэlas"da oʻynashini va yangi shartnoma imzolab, umrboq jamoada qolishini istaydi. Boshqa tomondan, Gexining shartnomasi yozda tugaydi va agar kimdir uni sotib olmoqchi boʻlsa, yaxshi taklif tushgani bilan klub uni sotib yuborishi mumkin. Hozirgi kunda moliyaviy masala sport masalasidan muhimroq degan davrga kelganmiz. Biz bundan maksimal foydalanib qolishimiz kerak. Agar futbolchi men ketmoqchiman desa va taklif qilingan summa chegaradan yuqoriroq boʻlsa, transfer amalga oshadi. Men shunchalar sodda emasmanki, agar "Siti"dan katta taklif kelsa va Mark rozi boʻlsa, oʻtish sodir boʻlishini tushunmasa",- dedi avstriyalik mutaxassis.
Maʼlumot uchun, "Kristal Pэlas" ayni vaqtda APLda 20 ta oʻyinda 27 ochko toʻplagan holda turnir jadvalidа 14- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar