
"Kristal Pelas" futbolchilari APL tarixida noyob rekord o‘rnatishdi
"Kristal Pelas" Angliya Premer-ligasi tarixida o‘z maydonida ikki futbolchisi qizil kartochka olib chetlatilganiga qaramay g‘alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi.
APLning 31-turi doirasidagi uchrashuvda londonliklar o‘z uyida "Brayton"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Kristal Pelas" safida gollarni Jan-Filipp Mateta va Daniel Munos kiritdi. Mehmonlar esa Danni Uelbekning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
O‘yinda qizil kartochkalar ko‘p bo‘ldi. 78-daqiqada maydon egalari Edvard Nketiani ikkinchi sariq kartochkadan keyin yo‘qotdi, o‘yinning so‘ngida esa Mark Guexi ham xuddi shunday holatda chetlatildi.
"Brayton" safida esa Yan-Pol van Xeke qizil kartochka bilan jazolanib maydonni tark etdi.
Bungacha APL tarixida hech bir klub o‘z uyida ikki futbolchisi chetlatilgan holatda g‘alaba qozonmagan edi.
Fikrlar