
Kristiano rasman "Yuventus"da! U jamoa direktori sifatida ish olib boradi (foto)
"Yuventus" klubi jamoaga yangi direktor tayinlanganini ma’lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Unga ko‘ra, "Napoli" bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan Kristiano Djuntoli jamoa direktori sifatida ish olib boradi. U Neapoldagi faoliyatini 2015 yili boshlagandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Yuventus" o‘tgan mavsum A Seriyada 10 ochko olib tashlangani bois 62 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tufayli klub Evropa chempionlar ligasidan quruq qoldi.
Fikrlar