Kristina Sereda Vetnam - Eron uchrashuvida ishlaydi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda ayollar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati 2-saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Myanmada bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlarida qatnashadi.
Shu bilan birga o‘zbekistonlik hakamlar ham mazkur saralash bahslariga jalb qilingan. Jumladan, hamyurtimiz Kristina Sereda "B" guruhidan o‘rin olgan Vetnam - Eron uchrashuvida yon hakam sifatida ishlaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yin ertaga Xanoy shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar